Tumaningizdagi restoran va do'konlar — bir ilovada
Tumanim — mahalliy restoran, kafe va do'konlardan tez yetkazib berish xizmati. Biznesingizni ulang, kuryer-hamkor bo'ling yoki o'z tumaningizda Tumanim'ni boshqaring.
Kim bo'lib qo'shilmoqchisiz?
Ro'yxatdan o'tish bepul. Arizangizni ko'rib chiqib, tasdiqlaymiz.
Yangi mijozlar — qo'shimcha xarajatsiz
Kuryer izlash, yetkazish narxini hisoblash, to'lovni kuzatish — hammasini Tumanim qiladi. Siz faqat buyurtmani qabul qilasiz va tayyorlash vaqtini belgilaysiz.
O'z boshqaruv panelingiz
Buyurtmalar, menyu, statistika, ish vaqti va aksiyalar — telefon yoki kompyuterdan.
Tovar qo'shish oson
Shtrix-kodni skanerlang — nomi, rasmi va gramaji umumiy katalogdan o'zi to'ladi. Excel'dan butun katalogni yuklash ham mumkin.
Kuryerni tizim topadi
Buyurtma tayyor bo'lishiga yaqin eng yaqin kuryer keladi. Buyurtma raqami bo'yicha topshirasiz.
Do'konlar uchun xodim ilovasi
Yig'uvchilar buyurtmani skaner bilan terib, adashmasdan topshiradi. Filiallar ham qo'llab-quvvatlanadi.
Biznesni ulash
- Telegram orqali 1 daqiqada ro'yxatdan o'tasiz
- Manzilingizni xaritada belgilaysiz
- Ariza tasdiqlangach mahsulotlarni qo'shasiz
- Mijozlar sizni darhol ilovada ko'radi
Hamkorlik shartlari ro'yxatdan o'tishda ko'rsatiladi.
Buyurtmalarni o'zingizga qulay vaqtda qabul qiling
Onlayn yoki oflayn bo'lishni o'zingiz tanlaysiz. Buyurtmalar yaqin atrofingizdan keladi, yo'nalish Google yoki Yandex xaritada ochiladi.
Erkin jadval
Onlayn bo'lsangiz — buyurtma keladi, oflayn bo'lsangiz — dam olasiz.
Masofaga qarab haq
Yetkazish haqi masofaga qarab hisoblanadi, yetkazish haqi va statistika ilovada ko'rinadi.
Yo'l-yo'lakay buyurtmalar
Bir yo'nalishdagi buyurtmalarni birga olib ketib, ko'proq buyurtma yetkazasiz.
Kerakli hujjatlar
- Pasport va selfi
- Avtomobil: haydovchilik guvohnomasi, texpasport, mashina surati
- Mototsikl: davlat raqami va surati (raqamsiz — elektro moto)
- Velosiped: velosiped surati
O'z tumaningizda Tumanim'ni oching
Har bir tumanni o'sha yerni yaxshi biladigan inson boshqargani ma'qul. Hududiy hamkor o'z tumanidagi biznes va kuryerlarni ulaydi va hududdagi dastur xizmati haqidan ulush oladi.
- O'z hamkor panelingiz — faqat o'z tumaningiz
- Biznes va kuryer arizalarini tasdiqlash
- Operatorlarni qo'shish va mijozlarga yordam
- Hududdagi xizmat haqidan ulush
Biznes yoki kuryer bo'lib qo'shilishdan oldin savolingiz bo'lsa ham shu formani to'ldiring — o'zimiz qo'ng'iroq qilamiz.
Ariza qoldiring
Qanday ishlaydi?
Ro'yxatdan o'tmasdan ham restoran va do'konlarni ko'rishingiz mumkin. Kirish faqat buyurtma berishda kerak.
Tumaningizni aniqlang
Joylashuvga ruxsat bering — yaqin atrofdagi joylar chiqadi.
Tanlang
Restoran, kafe yoki do'kondan kerakli narsani savatga soling.
Buyurtma bering
Raqamingizni Telegram kodi bilan tasdiqlang — parol kerak emas.
Kuzating
Kuryer yo'lga chiqqach, uni xaritada kuzatasiz.
Ko'p beriladigan savollar
Ro'yxatdan o'tish pullikmi?
Yo'q, biznes, kuryer va hamkor uchun ro'yxatdan o'tish bepul. Hamkorlik shartlari ro'yxatdan o'tishda ko'rsatiladi.
Qaysi tumanlarda ishlaysiz?
Hozir bir nechta tumanda ishlayapmiz, yangi tumanlar hududiy hamkorlar orqali ochilmoqda. Tumaningiz hali ro'yxatda bo'lmasa ham ro'yxatdan o'ting — hudud ochilishi bilan ulanasiz.
Arizam qancha vaqtda ko'rib chiqiladi?
Arizalarni qo'lda ko'rib chiqamiz va tez orada siz bilan bog'lanamiz.
Kuryer bo'lish uchun o'z transportim kerakmi?
Ha — avtomobil, mototsikl, elektro moto yoki velosiped. Har bir transport turi uchun kerakli hujjatlar ro'yxatdan o'tishda so'raladi.
Do'konimda mahsulot juda ko'p, hammasini qo'lda kiritamanmi?
Shart emas: Excel yoki CSV fayldan butun katalogni yuklashingiz mumkin (1C, MoySklad, Billz eksporti ham bo'ladi). Shtrix-kod orqali qo'shilganda nomi va rasmi umumiy katalogdan o'zi to'ladi.